Yordam
Ko'p beriladigan savollar yoki biz bilan bog'laning
Pineg nima?
Pineg — onlayn sotuvchilarni tekshirish va ular haqidagi fikrlarni ko'rish platformasi.
Seller ishonchli ekanligini qanday bilsam bo'ladi?
Seller profilidagi reyting, sharhlar, tasdiqlangan status va faoliyat tarixini ko'rib baholashingiz mumkin.
Verified (tasdiqlangan) belgi nimani anglatadi?
Seller o'z shaxsini yoki biznesini tasdiqlovchi hujjatlar yuborgan va Pineg tomonidan tekshirilgan.
Verified seller 100% ishonchlimi?
Yo'q. Verified belgi seller haqiqiy shaxs yoki biznes ekanligini bildiradi, lekin har bir savdo natijasini kafolatlamaydi.
Seller haqida sharh qoldira olamanmi?
Ha, agar seller bilan tajribangiz bo'lsa, sharh qoldirishingiz mumkin.
Sharhlar nega o'chirib tashlanadi?
Haqorat, yolg'on ma'lumot, spam yoki qoidalarni buzuvchi sharhlar o'chirilishi mumkin.
Seller topa olmayapman, nima qilay?
Qidiruvda username, telefon raqami yoki do'kon nomini tekshirib ko'ring.
Pineg savdo qiladimi?
Yo'q. Pineg faqat sotuvchilar haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatadi.
Firibgarga duch kelsam nima qilaman?
Seller profilida shikoyat yuborishingiz va tegishli organlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Pineg bepulmi?
Ha, sellerlarni qidirish va ko'rish bepul.